Ishsiz yurgan yulduzni 6 ta superklub talashyapti

  • 16 avgust, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik yarim himoyachi Adrien Rabo yozda “Yuventus” bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin erkin agentga aylangan edi.

Tecno

Hozircha, 29 yoshli tajribali futbolchi birorta jamoa bilan taqdirini bog‘lagani yo‘q.

Rabo darajasidagi o‘yinchi ishsiz qolmasligi aniq. Evropada milliy chempionatlar boshlanayotgan pallada Adrienga oltita jamoa ish taklif qilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Angliya Premer-ligasi vakillaridan “Chelsi”, “Arsenal”, “Manchester Yunayted” va “Liverpul” Adrien Raboni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga tayyor.

Futbolchi uchun kurashga Turkiya Superligasidan “Galatasaro” va tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishga urinayotgan “Atletiko” ham qo‘shildi.

Adrienga agentlik qilayotgan Onasi Veronik xonim ham unga bir necha klublar aloqaga chiqqanini, biroq o‘g‘li hali qaysi klubda to‘p tepish bo‘yicha yakuniy qarorga kelmaganini bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!