
Irina-Kameliya Begu Amerikada qancha ishladi?
Ruminiyalik tennischi Irina-Kameliya Begu Indian-Uellsda o‘tgan "Chellenjer" turkumiga kiruvchi musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Irina turnirning final uchrashuvida yaponiyalik Misaki Doini har ikkala setda bir xil 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan Begu o‘z hisobiga 24,000 AQSh dollari pul mukofoti va 160 reyting ochkosini qo‘shib qo‘ydi.
Fikrlar