Iqboljon Xoldorov raqibining kuchli jihati nimada? Murabbiy Zufar Sulaymonov javob berdi

  • 15 mart, 2021, 20:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ma’lumki, 3 aprel kuni Toshkentda tarixiy professional boks kechasi tashkil etiladi. Uning markaziy jangi ikkinchi o‘ta engil vazn toifasida IBF hamda WBA chempionlik kamari sohibi  Murodjon Ahmadaliev hamda yaponiyalik da’vogar Riyosuka Ivasa o‘rtasida bo‘ladi.

Tecno

Shuningdek, bir qator boks yulduzlarimiz ham o‘z janglarini o‘tkazadi. Jumladan, Iqboljon Xoldorov professional boksda debyut qiladi. Unga ukrainalik Volodimir Gordienko (8-3-0, 3 KO)raqiblik qiladi. Ukraina vakili o‘zbekistonlik boks muxlislariga yaxshi tanish. Chunki u yoshlar o‘rtasidagi WBC jahon chempionlik kamari uchun Ravshanbek Mahammadjonov bilan to‘qnash kelgan va unda hamyurtimiz ochkolar hisobida g‘alaba qozonib, ushbu titulni qo‘lga kiritgandi.

Biz ushbu bokschi haqida va uning Iqboljon Xoldorovga qanchalik qiyinchilik tug‘dirishi mumkinligi borasida Ravshanbek Mahammadjonov va ko‘plab bokschilarimizning ustozi Zufar Sulaymonovning fikrlariga qiziqdik.

- Umuman olganda, Gordienko juda yaxshi saviyadagi bokschi. Uning chap qo‘l yon tomondan yo‘llanadigan zarbasi juda kuchli va xavfli, ringda birinchi raqam bo‘lib ishlaydi. Odatda, ikkinchi bo‘lib ishlashni xush ko‘rmaydi. Doimo, raqibini pressingda ushlashga harakat qiladi. Qolaversa, tajriba bobida ham Iqboljondan ustun. Ya’ni, professional faoliyatini nazarda tutmoqdaman. Aslida, havaskor yo‘nalishda ham yaxshi natijalar qayd eta olgan. Biroq, Iqboljonda klass baribir yuqori, degan fikrdaman. Uning ringdagi erkin harakatlari, aql bilan ishlashi, oyoq harakatlari a’lo darajada. Ukrainalik bokschiga qarshi Iqboljonda barcha qurollar mavjud. O‘ylaymanki, Gordienko bu jangda anchagina qiyinchilikka uchraydi.

3 aprel kuni ringga ko‘tariluvchi barcha bokschilarimizga omad yor bo‘lsin. Chiroyli g‘alabalar bilan barchamizni hursand qilishlariga tilakdoshman!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!