"Inter Mayami" Messi bilan muzokara olib bormoqda

  • 11 yanvar, 18:08
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter Mayami" safida  to‘p tepayotgan  yulduz - Lionel Messi yana bir mavsum okean ortida qolishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning "Marca" nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, MLS klubi argentinalik futbolchi bilan tuzgan amaldagi shartnomani 2026 yilning  oxirigacha uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda. Avvalroq, Messini Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, Messining AQSh jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yakuniga qadar amal qiladi. Ayni damda Trasfermarkt portali 38 yoshli  futbolchini 20 mln evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!