
"Inter" Martinesga o‘rinbosar sifatida yana zo‘r hujumchi topib qo‘ydi
Milanning "Inter" jamoasi "Lill" va Kanada terma jamoasi hujumchisi Jonatan Devidni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Italiyaliklar 25 yoshli futbolchi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishgan va 5 yillik shartnoma asosida 10 million evrolik maosh hamda bonus taklif qilishgan.
Biroq, jurnalistlar ma’lumotiga ko‘ra, Devidning haqiqiy orzusi — "Barselona"da harakat qilish. Kataloniya klubi hozircha unga jiddiy qiziqish bildirgani yo‘q, ammo futbolchining shaxsiy xohishi aynan shu yo‘nalishda.
Jonatan 2020 yilning avgustida "Lill"ga kelgan va jamoa uchun asosiy figuralardan biriga aylangan. Uning joriy mavsumdagi natijalari ham diqqatga sazovor — 44 uchrashuvda 23 ta gol va 10 ta golli uzatma.
Futbolchi bilan "Liverpul" ham qiziqish bildirgani avvalroq xabar qilingan edi. Transfermarkt portali Devidni 45 million evroga baholamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yil iyun oyida yakunlanadi.
Fikrlar