
"Inter" Konte bilan shartnoma imzoladi, ammo nega uni ommaga tanishtirmadi?
Milanning "Inter" klubi o‘zining yangi bosh murabbiyi Antonio Konte shartnoma imzoladi.
Biroq, Italiya nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra "neradzurrilar" Kontening rasmiy tanishtiruv marosimini boshqa sanaga ko‘chirishga majbur bo‘lishdi.
Gap shundaki, kecha 28 may kuni jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Luchano Spallettining akasi olamdan o‘tdi. Shu bois klub rahbariyati bundan qayg‘uli kunda uni iste’foga chiqarganlik haqida e’lon qilishni xohlamagan.
Endi “Inter” Konteni 30 yoki 31 may kuni tanishtiradi.
Fikrlar