
"Inter" Ikardi o‘rniga Falkaoni olib kelmoqchi
Milanning "Inter" klubi o‘ziga yangi markaziy hujumchi qidirishni davom ettirishmoqda. Forzaitalianfootball tarqatgan xabarga ko‘ra "neradzurrilar"ning e’tibori bu borada "Monako" forvardi Radamel Falkaoga tushgan.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 33 yoshli kolumbiyalik futbolchi “Inter”da Mauro Ikardining o‘rnini egallashi mumkin. O‘z navbatida so‘nggi paytlarda rahbariyat bilan turli nizolarga borayotgan argentinalik futbolchi yozda boshqa jamoaga o‘tib ketmoqchi.
Ma’lumot uchun, Falkao joriy mavsum “Monako” safida jami 43ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 18ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar