
Husanov ham “Siti” top-reytingga kirishiga hissasi qo‘shdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” futbolchi hisoblangani bois sports.uz portali ushbu klubga oid ma’lumotlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qilishni davom ettiradi.
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (International Centre for Sports Studies – CIES) jahon futbolida eng qimmat tarkibga ega bo‘lgan klublar reytingini yangiladi.
Ushbu markaz hisob-kitoblariga ko‘ra, futbolchilarining umumiy qiymati bo‘yicha eng qimmat tarkibga ega klub Londonning “Chelsi” jamoasi bo‘lib turibdi.
Ikkinchi o‘rinda qimmatbaho yulduzlarni jamlagan “Real” qayd etilgan.
2025 yilning ikki transfer oynasi davrida tarkibini tubdan yangilagan “Manchester Siti” kuchli uchlikdan joy oldi. “Shaharliklar”ning qimmatbaho tarkibi shakllanishida Transfermarkt portali tomonidan 35 million evroga baholangan Abduqodir Husanovning ham hissasi bor.
CIES talqini bo‘yicha 2025 yilning oktyabr oyi holatiga “top-10” quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. “Chelsi” — € 1,807 mlrd.
2. “Real Madrid” — € 1,684 mlrd.
3. “Manchester Siti” — € 1,485 mlrd.
4. “Arsenal London” — € 1,474 mlrd.
5. “Pari Sen-Jermen” — € 1,440 mlrd.
6. “Liverpul” — € 1,403 mlrd.
7. “Barselona” — € 1,352 mlrd.
8. “Tottenxem” — € 1,047 mlrd.
9. “Bavariya” — € 934 mln.
10. “Inter” — € 866 mln.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov ayni paytda nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo davlatlarining eng qimmatbaho futbolchisi hisoblanadi.
“Manchester Siti” Rodriga narx belgiladi
“Manchester Siti” rahbariyati “Real” nishonida turgan “Oltin to‘p” sohibi Rodrigo Ernandesni kelasi yoz muayyan shartlar evaziga sotib yuborishga qaror qildi.
Defensa Central nashrining yozishicha, ispaniyalik yarim himoyachining “shaharliklar” bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi. Agar Rodri joriy mavsum oxirigacha klub bilan hamkorlikni uzaytirishga ko‘nmasa, manchesterliklar u bilan xayrlashadi.
Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” rahbariyati yozda 65 illion evrodan boshlanadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.
Ayni paytda “shaharliklar” Rodri bilan hamkorlikni uzaytirish harakatini boshlab qo‘ygan. Biroq 29 yoshli futbolchining jarohatlarga moyil bo‘lib qolgani va avvalgi darajasiga qayta olmayotgani rahbariyatni o‘ylantirib qo‘ydi.
Transfermarkt portali Rodrini 110 million evroga baholamoqda. Biroq reyting yangilanganida bu summa pasayishi ehtimoli katta ekani aytilyapti.
Gvardiola “Real” va “Arsenal” bilan bir yulduzni talashmoqda
Bundesliga futbol olamida o‘zini ko‘rsata oladigan iste’dodli o‘yinchilarga boy. Germaniya chempionatida Frankfurtning “Ayntraxt” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Nataniel Braun Evropaning qator grand klublari nishoniga tushdi.
“Ayntraxt” 2024 yilning yanvarida bu himoyachini “Nyurnberg”dan atigi uch million evroga transfer qilgan edi. Bundesligadagi muvaffaqiyatli o‘yinlaridan keyin Braunning bugungi kundagi narxi 30 million evroga ko‘tarilgan.
Bild nashrning yozishicha, Braunni “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. 22 yoshli himoyachi chap qanotda o‘ynaydi. Yaqinda katta maqsadlar bilan yozda chap qanot himoyasiga olingan Rayan Ayt-Nurining jarohat olgani jamoaga bu pozitsiyani yopa oladigan yana bir o‘yinchi kerakligini ko‘rsatib qo‘ydi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, nemis futbolchisiga Madridning “Real” va Londonninn “Arsenal” klublaridan ham jiddiy qiziqish bor.
O‘zbek futbolchilariga uch kunda ikki marta yutqazgan terma jamoa murabbiyi iste’foga chiqdi
Tezkor: Husanov qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi!
O‘zbekistonga qarshi saf tortadigan Urugvay nimasi bilan kuchli?
Husanov mashhur futbolchining mundialga yo‘lini to‘sib qo‘ydi
“Manchester Siti”ning Husanov bo‘yicha yakuniy qarori ma’lum bo‘ldi
Fikrlar