
"Inter" futbolchisining jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi
"Inter" klubi va Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi Matias Vesino kecha Amerika kubogi guruh bosqichining dastlabki turidan o‘rin olgan Ekvadorga (4:0) qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.
Urugvay futbol federatsiyasi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra 27 yoshli futbolchining jarohati kutilganidan jiddiy bo‘lib chiqqan va u endi ushbu musobaqada boshqa maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumot uchun, Vesino o‘tgan mavsum Italiya A Seriyasid jami 30ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 3ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar