"Inter" etakchisi "Barsa"ga qarshi o‘ynamasligi mumkin!

  • 3 may, 10:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter"ning hujum chizig‘i etakchisi Lautaro Martines UEFA Chempionlar ligasi yarim finali doirasida "Barselona”ga qarshi javob o‘yinida jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin. Bu haqda "Sky Italia" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, argentinalik hujumchi mushaklaridagi jarohati tufayli maydonga tushmaydi. Futbolchi birinchi uchrashuvda jarohat olgandi.

Ma’lumot uchun, "Inter" va "Barselona" o‘rtasidagi javob o‘yini 6 may, seshanba kuni Milandagi "Juzeppi Meatstsa" stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!