"Inter" Bundesliga klubidan futbolchi sotib oladi

  • 27 iyun, 2019, 19:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Berlinning "Gerta" klubi yarim himoyachisi Valentino Lazaro tez orada "Inter" a’zosiga aylanishi mumkin. Bu haqda Sky Sport Deutschland nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “neradzurrilar” 23 yoshli avstriyalik futbolchining transferi borasida nemis klubi bilan kelishuvga erishgan. Ushbu transfer uchun milanliklar 22 mln evro sarflashlari aytilmoqda. Biroq, ushbu mablag‘ bonuslar hisobiga yanada ortishi mumkin.

Lazaroning o‘zi esa “Inter” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 1,5 mln evro maosh oladi.

Ma’lumot uchun, Lazaro "Gerta" safiga 2018 yil "Red Bull Zaltsburg" klubidan 6,5 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U ortda qolgan mavsum berlinliklar safida jami 34ta o‘yinda ishtirok etdi va 3ta gol hamda 7ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, "Gerta" o‘tgan mavsum Bundesligada 11-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!