
"Inter" bosh direktori: Nainggolan va Ikardi bizning rejalarimizga kirmaydi
Milanning "Inter" klubi bosh direktori Beppe Marotta yarim himoyachi Raja Nainggolan va hujumchi Mauro Ikardilar jamoadagi kelajagi borasida gapirdi.
“Biz futbolchilarning shartnomasidagi shartlarni hurmat qilamiz, biroq ayni paytda biz jamoaning qarashlarini bildirayapmiz. Ikkala futbolchi ham “Inter”ning rejalariga kirmasliklarini bilishadi. Ularning ikkalasi ham ajoyib futbolchilardir. Biz ularning qobiliyati va iste’dodiga shubhu qilmaymiz. Ammo, hurmat bilan aytishim mumkinki ular bizning rejalarimizga kirishmaydi”, - deydi Marotta.
Eslatib o‘tamiz, belgiyalik futbolchiga Xitoy klubidan, argentinalik futbolchiga esa "Yuventus" va "Napoli"dan qiziqishlar mavjud.
Fikrlar