Insayd: Saul Alvares va Terens Krouford o‘rtasidagi jangning taxminiy sanasi ma’lum

  • 20 yanvar, 15:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Taniqli bokschilar meksikalik Saul Alvares va amerikalik Terens Krouford sentyabr oyida o‘zaro jang o‘tkazish uchun muzokaralarni boshladi, deb xabar bermoqda ESPN insayderi Mayk Koppinger.

"Hali hech qanday shartnoma imzolanmagan, biroq "Kanelo" Alvares va Terens Krouford sentyabrda, aniqrog‘i Meksika Mustaqillik kunida uchrashishi kutilmoqda. Krouford aytganidek, jang 76,2 kg vaznda bo‘lib o‘tadi" - deb yozdi Koppinger ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o‘tamiz, Terens Krouford oxirgi jangida bokschimiz Isroil Madrimovga qarshi ringga ko‘tarilib, ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!