
Indzagi "Manchester Siti"ni qanday engganini aytdi
"Al-Hilol" bosh murabbiyi Simone Indzagi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 finalida "Manchester Siti" ustidan qozonilgan dramatik g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Saudiya klubi asosiy vaqtda 3:3 hisobida durang o‘ynadi va qo‘shimcha bo‘limlarda 4:3 hisobida zafar quchdi.
"Bu o‘yinda biz haqiqatdan ham hayratlanarli darajada harakat qildik. "Manchester Siti" kabi kuchli raqibga qarshi o‘ynayotganimizni yaxshi bilardik. Lekin bu kecha mening jamoam ajoyib o‘yin namoyish etdi. Pep Gvardiola — dunyodagi eng yaxshi murabbiy, lekin bu o‘yinda biz bor kuchimizni ishga soldik va g‘alabaga to‘liq haqli bo‘ldik" — saudiyaliklar mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Al-Hilol" 1/4 finalda Braziliyaning "Fluminense" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar