Iman Agapur: O‘zbekistonlik sportchilar ham g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlardan hisoblanadi

CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, 1-5 may kunlari poytaxtimizda pankration va greppling bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqaga dunyoning ko‘plab davlatlaridan sportchilar tashrifi davom etmoqda.

Tecno

Sports.uz muxbiri Eron terma jamoasi a’zosi Iman Agapur bilan suhbatlashib, uning musobaqa haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

-Men -71 kg vazn toifasida ham pankration, ham greppling bo‘yicha bahslarda ishtirok etaman. Raqiblar haqida gapiradigan bo‘lsam, jahon chempionatiga oddiy sportchi kelmaydi. Ammo ular orasida Ukraina va Qozog‘iston terma jamoalari a’zolari biz uchun asosiy raqobatchi bo‘ladi deb hisoblayman. Kuchli terma jamoalar qatoriga shuningdek mezbon o‘zbekistonlik sportchilarni ham qo‘shgan bo‘lardim. Boisi mamlakatingizda ham yakkakurash sport turlari yaxshi rivojlangan.

O‘zbekistonda avval ham bir necha marta bo‘lganman. Jumladan, jiu-jitsu va kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda qatnashganman va o‘zbekistonlik sportchilarning qay darajada kuchli ekanini yaxshi bilaman. Ammo biz ham borimizni berib, sovrinli o‘rinlarni egallashga harakat qilamiz. Shu o‘rinda aytishim lozimki, o‘z vaqtida Olimpiada va jahon chempionatlari g‘olibi eronlik mashhur Hasan Yazdani bilan birga mashg‘ulotlar olib borganman va u erda to‘plagan tajribalarim menga mana shunday musobaqalarda g‘alaba qozonish uchun yordam beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!