Ildar Mamatkazin Rossiyaga ketdi

  • 9 iyul, 2019, 12:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

«Andijon» klubining sardori va etakchisi hisoblangan Ildar Mamatkazin Superliganing birinchi davra bahslari yakunlangach, jamoasining Liga Kubogi bahslarida ishtirok etgani yo‘q. Ma’lum bo‘lishicha, u 3 iyul kuni Rossiyaga jo‘nab ketgan.

Tecno

«Andijon» jamoasi himoyachisi ayni paytda Rossiyaning Ufa shahrida bo‘lib turibdi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi u erga shaxsiy ishlari yuzasidan borgan va tez orada Andijonga qaytadi. Shuni aytish kerakki, Mamatkazin Ufaga tez-tez borib turadi.

Birinchi davrada ushbu himoyachi «Andijon»ning 12 ta uchrashuvida maydonga tushdi va «Metallurg»ga qarshi kechgan (1:1) gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
10/07/2019 09:39
Шуни нимаси янгилик