
Ikki jamoa Shomurodovning “Bolonya”ga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqda!
“Roma”da ketishi kutilayotgan Eldor Shomurodovga bir necha jamoa da’vogarlik qilmoqda. Biroq, asosiy da’vogar sifatida “Bolonya” e’tirof etilyapti. Sinisha Mixaylovich jamoasi amaliy harakatlarga zo‘r beryapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Bolonya” rimliklar bilan transfer shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. Endi klub vakillari futbolchining manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar bilan uchrashib, Shomurodovning roziligini olishi kutilmoqda.
Biroq, mutaxassislar bu transferga xalaqit qilayotgan bir omilni e’tibordan qochirmaslikni ta’kidlayapti.
Italiya futboliga ixtisoslashgan https://footballnews24.it nashri jurnalisti Vittorio Kastelloning yozishicha, Shomurodov uchun kurashga Angliya premer-ligasi vakili “Vulverxempton”ning qo‘shilgani va anchadan beri Eldorni ko‘zlayotgan “Torino”ning ushbu transfer bo‘yicha harakatlarini kuchaytirgani “Bolonya”ga o‘z maqsadiga etishishida to‘g‘onoq bo‘lmoqda. Xuddi shunday ma’lumotlarni taniqli insayder Janluka Di Martsio ham tarqatdi.
Shomurodovga xaridorlar orasida “Sassuolo” va “Montsa” ham borligi aytilmoqda. Shuningdek, Germaniya Bundesligasi vakillari ham hujumchi atrofidagi vaziyatni kuzatayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Demak, Shomurodov faoliyatida o‘zgarish bo‘lishining ehtimoli katta. Yana boshqa jamoalar ham hujumchi uchun kurashga qo‘shilishi mumkin. Muhimi, Eldor o‘ziga muntazam o‘yin amaliyoti beradigan jamoani tanlashi kerak.
Kuchli beshlik chempionatlaridagi yagona vakilimiz – Eldor Shomurodov A Seriyadagi faoliyatini 2020 yilning oktyabrida boshlagan. “Rostov”dagi uch yillik faoliyatidan keyin “Jenoa”ga 9 million evro evaziga transfer qilingan hujumchimiz Genuya klubi debyut mavsumida sakkiz ta gol kiritdi.
Shundan so‘ng, hamyurtimizni o‘tgan yili yozda Joze Mourino “Roma”ga olib kelgan edi. Portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida asosan zaxiradan maydonga tushib, 40 ta uchrashuvda beshta gol va oltita assist qayd etdi.
O‘z davrida O‘zbekiston va Rossiya chempionatlarida ham to‘p tepgan Shomurodov klublar miqyosida 221 ta bahamda o‘z hisobiga 45 gol va 23 ta assist rasmiylashtirgan. Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasida 56 marta maydonga tushib, gshollari sonini 30 taga etkazdi.
Bugun Evropa jamoasi Shomurodov agentlari bilan muzokara o‘tkazadi!
Shomurodov Rossiyaga qaytadimi?
“Roma”: Shomurodov superto‘purar yo‘lini to‘sib turibdi!
Bu jamoa Shomurodov transferini nega sir tutyapti?
Tezkor! Shomurodov transferi 48 soat ichida e’lon qilinishi kutilmoqda!
Urishib qolgan bosh murabbiy va direktor Shomurodov tufayli yarashib oldi!
“Sampdoriya” Shomurodov bo‘yicha bayonot berdi!
Legionerimizning Evropa Chempionlar ligasida gol urgan o‘yini eng yuqori baholandi!
Premer-liga klubi o‘zbek futbolchisi yordamida chempion bo‘lmoqchi!
Fikrlar