
Ikki bokschi 2024 yilning eng ko‘p maosh oluvchi sportchilari o‘ntaligiga kirdi
Nufuzli "Sky Sports" nashri talqini bo‘yicha, britaniyalik Tayson Fyuri va ukrainalik Aleksandr Usik 2024 yil yakuniga ko‘ra eng ko‘p maosh oluvchi sportchilar o‘ntaligiga kirdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Fyuri taxminan 146,1 million dollar, 38 yoshli Usik esa 120,9 million dollar ishlab topgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda Aleksandr va Tayson o‘zaro ikkita jang o‘tkazgan hamda ularning har ikkisida ham ukrainalikning qo‘li baland kelgandi.
Fikrlar