Igor Shkvirin AGMKga qaytdi

  • 18 iyul, 2019, 12:28
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ko‘p yillar mobaynida AGMK jamoasini boshqargan Igor Shkvirin klub tizimiga ishga qaytarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

O‘z vaqtida AGMKni chempionatda o‘z o‘rni bo‘lishida munosib hissa qo‘shgan tajribali mutaxassis Igor Shkvirin selektsioner murabbiy sifatida ish boshladi. Kechagi mashg‘ulotda AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Igor Shkvirinni jamoaga qaytganini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Igor Anatolevich Shkvirin 2008-2016 yillar davomida olmaliqliklar bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Shuningdek, keyinchalik "So‘g‘diyona" va ma’lum vaqt "Surxon" klublarida faoliyat ko‘rsatgan. Joriy mavsumning ikkinchi qismidan e’tiboran esa mutaxassis Mirjalol Qosimov boshchiligidagi murabbiylar shtabida selektsioner bo‘lib ishlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!