
Ibrohimhalil Yo‘ldoshev to‘p tepayotgan "Nijniy Novgorod" g‘alaba qozondi
RPL 23-turidan o‘rin olgan "Rostov" - "Nijniy Novgorod" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 7-daqiqada Richlord Ennin hisobni ochdi. 25-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Shetinin muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim so‘nggida Stotskiy o‘yindagi so‘nggi hamda nijniy novgorodliklarga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Shu tariqa, Aleksandr Kerjakov shogirdlari ochkolari sonini 27 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular RPL turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar