Ibragimovich faoliyatini "Xaydenxaym"da davom ettiradi
"Bavariya" Leroy Sane ortidan yana bir vingerini ham ketkazmoqda.
Myunxenliklarning yosh vingeri Arijan Ibragimovich faoliyatini Bundesliganing yana bir klubi "Xaydenxaym"da davom ettiradi. Fabritsio Romano bergan ma’lumotlarga qaraganda, germaniyalik futbolchi yangi mavsumni ijara asosida "qizil-ko‘klar" safida o‘tkazadi. Yosh futbolchi ham o‘yin amaliyoti sabab klub almashtirishga qarshi emas.
Ibragimovich uchun Italiya A Seriyasi klublaridan ham takliflar tushgan edi, biroq futbolchining o‘zi Germaniyada qolishni maqul ko‘rdi.



Fikrlar