
Husniddin Aliqulov nima uchun terma jamoaga chaqirilmadi?
Ko‘pchilik Husniddin Aliqulov nega terma jamoadan chaqiruv olmagani bilan qiziqdi. “Nasaf” himoyachisida jarohat bor. Buni Ro‘ziqul Berdiev jamoaning “Mash’al”ga qarshi kubok bahsidan so‘ng uyushtirilgan matbuot anjumanida ham aytib o‘tdi.
"Husniddin Aliqulovni kichik jarohat bezovta qilayotgan edi. Shu sabab u terma jamoa yig‘iniga chaqirilmadi. Bir haftada jarohatidan forig‘ bo‘lsa kerak. Shu sabab bugungi o‘yin qaydnomasiga ham kiritilmadi. Terma jamodan ham unga ruxsat berildi. Bundan tashqari Abduvohid Ne’matovga, Javohir Siddiqovga ham dam berdik", - dedi Berdiev.
Fikrlar