Husanovga Gvardioladan xushxabar!

  • 22 fevral, 11:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasida doirasida “Real” futbolchilari Xosep Gvardiolaning uzoq yillik shogirdlari davri o‘tganini pley-offning ikki o‘yinida ham ko‘rsatib qo‘ydi.

Tecno

Bu bahslarda “shaharlik” yulduzlarning davri o‘tgani, ispaniyalik mutaxassis tarkibni yangilash ishlarini boshlash maqsadida yanvardan e’tiboran yangi ijrochilarni jamoaga jalb qilayotgani amalga oshirish zarur bo‘lgan eng  to‘g‘ri yo‘l ekanini o‘z isbotini topdi.

Endi Xosep Gvardiola nafaqat jamoasining buguni, balki ertasini o‘ylab ham qaror chiqarishiga to‘g‘ri keladi.  Bu to‘qnashuvlardan keyin Pep o‘zi bir necha yillar davomida suyanib kelgan yulduzlarning qahramonliklari o‘tmishda qolgani, davri o‘tib bo‘lganini tan olishga majbur bo‘ldi.

Odatda, “Rael”ga qarshi uchrashuvlarda yutqazish aksariyat jamoalar uchun hayratlanarli natija emas. Lekin “Manchester Siti” u jamoalar darajasida bo‘lmasligi kerak. Chunki Xosep Gvardiola shogirdlari treblga erishgan oxirgi va ketma-ket Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan yagona jamoa hisoblanadi.

Endi Xosep Gvardiola zimmasida murakkab vazifa turibdi. U yuqori maqsadlar sari kurashishga qodir yangi jamoa shakllantirishi kerak. Hozirgi “Manchester Siti” mavsum davomida necha marotaba g‘alaba qozonsa, yana shuncha mag‘lub bo‘ladigan jamoaga aylanib bo‘ldi.

Joriy mavsum yakunlanib, navbatdagi boshlangan paytda “Manchester Siti”da yoshi 30 ga etgan va undan o‘tgan futbolchilar soni o‘n nafardan o‘tadi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, bir necha yillar davomida jahon futboli sahnasida porlagan Jek Grilish, Kevin de Bryuyne, Bernardu Silva, Jon Stounz, Mateo Kovachich, Ilkay Gyundog‘ana va Edersonning yulduzlari onlari tugab bo‘lgan.

Endi “Manchester Siti” Britaniya futboli tarixida rekord summa – 100 million funtga olingan Eek Grilish qatorida yoshi o‘tib borayotgan o‘yinchilarning aksariyati bilan xayralashishi kutilmoqda. Ketish missiyasini Kayl Uoker boshlab berdi. Jamoaning sobiq sardori endi ijara muddati tugaganida ham “Milan”dan qaytmaydi. Klub rahbariyati birin-ketin qolgan yulduzlarga ham chiqish eshigini ochadi.

Britaniya futbolini yoritayotgan dailystar.co.uk portali eksperti Jeremi Grossning ta’kidlashicha, Xosep Gvardiola tarkibni yangilashga yanada kuchliroq e’tibor beradi.

- Gvardiola endi yanvarda olingan yangi o‘yinchilar, xususan, Abduqodir Husanov, Niko Gonsales, Umar Marmush va Vitor Reysga ko‘proq o‘yin vaqti ajartishga qaror qildi. Zotan, bu ijrochilardan uch nafari oxirgi uchrashuvlarda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushmoqda.

Endi bu o‘yinchilar qatoriga “Lans”ga ijaraga berilgan markaziy himoyachi Juma Ba, “River Pleyt”da o‘ynayotgan hujumkor  futbolchi Klaudio Echeverri ham qo‘shiladi.

Xosep Gvardiola maydon markaziga “Bayer”ning 21 yoshli  yulduzi Florian Virtsning olib kelinishini intizorlik bilan kutyapti. “Yuventus” himoyachisi Andre Kambyasoning transferi ham yozga mo‘ljallangan, - deb yozmoqda Jeremi Gross.

Pepning o‘zi ham jamoada o‘zgarishlar davri kelganini tan oldi.

- Biz ilgari zo‘r jamoa bo‘lganmiz, lekin hozir bunday emas. Bu dunyoda hech narsa abadiy bo‘lmaydi. Jumladan, jamoamizda yoshi o‘tib qolayotgan o‘yinchilar bor. Shu bois, tarkibni yangilay boshladik, - dedi Xosep Gvardiola.

Darhaqiqat, “Manchester Siti” murabbiylar shtabi 20 yoshli futbolchimiz Abduqodir Husanovga katta ishonch bildirmoqda. Jamoaga qo‘shilganiga bir oy bo‘lgan legionerimiz uchta katta turnir – Premer-liga, Angliya kubogi va Evropa Chempionlar ligasida debyutini nishonlab bo‘ldi.

Mavsum oxiriga qadar Husanov o‘z jamoadoshlari bilan birga chempionatda kuchli to‘rtlikdan joy olish va Angliya kubogida bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradi.

“Roma”ning Shomurodov bo‘yicha qarori o‘zgardi!

Husanov bilan do‘stlashgan “Real” yulduziga uchta grand klub xaridor! (foto)
Shomurodov muxlislariga yoqadigan gap bo‘ldi!
Shomurodov Evropa ligasida qaysi klubga qarshi o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!