Husanov kutib ol! Jamoaga 87 million evroga yangi yulduz keladi
“Manchester Siti” rahbariyati 20 yanvarda jamoaga Abduqodir Husanovning olib kelinishi bilan boshlangan avlodlar almashinuvi jarayonini hali davom ettirishi ma’lum bo‘ldi.
Xosep Gvardiola ilgari katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan yoshi katta tajribali o‘yinchilar o‘rniga yangi ijrochilarni olib kelishga alohida e’tibor bermoqda.
Ispaniyalik mutaxassis nazariga tushgan yangi nomlarda biri Ellion Anderson bo‘ldi. Transfer News Live hamda Daily Express singari manbalarning ma’lum qilishicha, “shaharliklar” rahbariyati “Nottingem Forest”da porlayotgae 22 yoshli yarim himoyachi chun 87 million evro atrofida xarajat qilishga roziligi bildirmoqda.
Shunga qaramay, sentyabr oyida Angliya terma jamoasida debyut qilgan o‘yinchini olish oson bo‘lmaydi. “O‘rmonchilar” yulduzini qo‘lga kiritish uchun “Manchester Siti” transfer bozorida bir necha baquvvat klublar, xususan, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, aslida Angliya Premer-ligasining boshqa klubi – “Nyukasl Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Elliot Anderson 2024 yilning yozidan beri “Nottingem Forest” klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
“O‘rmonchilar” bilan 2029 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega markaziy yarim himoyachi transfermarkt.world ekspertlari tomonidan 32 million evroga baholanmoqda.
Gvardiola Rodri o‘rniga undan zo‘rini topib qo‘ydi
2024 yilgi “Oltin to‘p” sohibi Rodri Ernandes “Manchester Siti” uchun qanchalik muhim ahamiyatga ega bo‘lmasin, uning klub tarkibidagi kelajagi hamon mavsum bo‘lib turibdi.
“Shaharliklar” 29 yoshli ispan futbolchisi bilan 2027 yilning yozida tugaydigan shartnomani uzaytirishni rejalashtirgan. Biroq Rodriga “Real” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Xosep Gvardiola hozirdan uning o‘rnini bosa oladigan futbolchi topib qo‘ydi. Fichajes nashrining yozishicha, bosh murabbiy “Kristal Pelas” tayanch yarim himoyachisi Adam Uortonni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
Gvardiolaning fikricha, Uorton Rodriga ideal o‘rinbosar bo‘la oladi.
Transferlar bo‘yicha ekspertlar “shaharliklar”ga Adam Uortonni olish oson bo‘lmasligini ta’kidladi. 21 yoshli yarim himoyachiga Evropaning bir necha grand klublari, xususan, “Siti”ning ashaddiy raqibi “Manchester Yunayted” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Siti” arzon, lekin zo‘r futbolchi topdi
Iste’dodlarga boy bo‘lgan Portugaliya chempionatida “Famalikan” klubi sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi Gushtavu Sa Evropaning grand klublari e’tiborini o‘ziga torta boshladi.
Calciomercato nashrining yozishicha, hozirning o‘zida 20 yoshli futbolchiga “Manchester Siti” va “Yuventus” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Sa futbol sirlarini “Portu”da o‘rgana boshlagan va keyinroq “Famalikan” akademiyasiga ko‘chib o‘tgan. 2022 yildan beri asosiy jamoada o‘ynab kelmoqda.
Gushtavu asosan maydon markazida hujumchi ortida harakat qiladigan o‘yinchi hisoblanadi. “Famalikan” bilan 2029 yilning 30 iyuniga qadar davom etadigan shartnomaga ega futbolchining transfer summasi 16 million evroni tashkil qiladi.
Shomurodov zarbalaridan Evropaning nechta jamoasi “aziyat” chekkanini bilasizmi?
Mbappe Shomurodovning o‘yinlarini kuzatyaptimi?
“Manchester Siti”ning Husanov bo‘yicha yakuniy qarori ma’lum bo‘ldi



Fikrlar