
Husanov bugun asosiy tarkibda maydonga tushadimi?
Xabaringiz bor, "Lans" bugun Frantsiya chempionati doirasida "Nitstsa"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Mazkur uchrashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli juda yuqori.
Birinchidan jamoaning muhim futbolchilaridan biri bo‘lgan Kevin Danso kartochkalari sababli ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, "Sevilya"ga qarshi bahsda jarohat olgan Jonatan Gradit ham hali safga qaytgani yo‘q va uning kartochkalari soni 3 taga etgan.
"Lans" qaydnomani e’lon qildi. Ushbu uchrashuv uchun maydonga tushadigan o‘yinchilar orasida Husanov bor. Shu bilan birga, Fakundo Medina bugun boshlang‘ich tarkibga kiritilishi kutilmoqda. Akademiya a’zosi Kenni Mbala ham qaydnomada bor, lekin murabbiy unga ishonch bildirish ehtimoli past. Ammo tarkibda boshqa himoyachi yo‘q. Shu sababli, fulbek bo‘lgan Massadio Aydara bugun markazda o‘ynashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, "Lans"ning bugungi raqibi "Nitstsa" ayni payt turnir jadvalida 2-o‘rinda turibdi. Klub bu mavsum atigi 2 marta mag‘lubiyatga uchragan.
Fikrlar