
"Humo"da Smiryaginga raqobatchi paydo bo‘ldi
Tyumen xokkeyi tarbiyalanuvchisi, darvozabon Dmitriy Lozebnikov "qanotlilar" bilan mavsum so‘nggiga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun oldin toshkentliklar va darvozabon Roman Nechitovskiy bilan o‘rtadagi bitimni ikki tomonning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilingan edi.
Ma’lumot uchun, Lozebnikov "Zvezda" safida Oliy Xokkey ligasida 35 uchrashuvda muzga tushgan va ikki bellashuvda jamoasi darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishgan.
Dmitriy Lozebnikov
Tug‘ilgan sanasi: 15.01.1998
Ampluasi: Darvozabon
Bo‘yi: 190
Vazni: 91
Chavgon ushlashi: chap qo‘l
"Zvezda" – 35 o‘yin, 2 "quruq o‘yin", zarbalarning 91,4 % ni bartaraf etgan.
Fikrlar