
"Humo" KXLda o‘ynagan xokkeychilarni o‘z safiga qo‘shib oldi
Bundan bir necha kun oldin Toshkentning "Humo" jamoasi Mintaqaviy Xokkey ligasi (KXL)da faoliyat olib boradigan Novosibirskning "Sibir" klubi bilan hamkorlik o‘rnatgani borasida xabar bergan edik.
Bugun mazkur hamkorlik doirasida ikki xokkeychi "qanotlilar" safiga kelib qo‘shildi. Bular himoyachi Vladislav Naumov va hujumchi Maksim Kazakovlardir. Naumov toshkentliklar safida 15, Naumov esa 68-raqam ostida harakat qiladi.
Bizning ma’lumot
Vladislav Naumov
Tug‘ilgan yili: 26.11.1996
Ampluasi: Himoyachi
Bo‘yi: 181
Vazni: 85
Chavgon ushlashi: chap qo‘l
Tyumen xokkeyi tarbiyalanuvchisi.
"Sibir" – 183 o‘yin, 29 ochko (9 gol +20 golli uzatma), 100 jarima daqiqasi
Maksim Kazakov
Tug‘ilgan sanasi: 27.03.1993
Ampluasi: Hujumchi
Bo‘yi: 174
Vazni: 83
Chavgan ushlashi: o‘ng qo‘l.
Omsk xokkeyi tarbiyalanuvchisi
"Avangard", "Metallurg" Novokuznetsk, "Admiral" va "Sibir" safida – 248 o‘yin, 85 ochko (53 gol +32 golli uzatma), 134 jarima daqiqasi.
Fikrlar