
"Humo" etakchisi faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi ma’lum bo‘ldi
"Humo" hujumchisi Artyom Voroshilo faoliyatini Samaraning "TsSK VVS" jamoasida davom ettiradi. Bu haqda Toshkent klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Qayd etish joiz, u "qanotlilar" safida mavsumdagi barcha, 65 o‘yinda muzga tushgan yagona hujumchi bo‘ldi. Bundan tashqari, "Humo" vitse-sardori mavsum davomida 12 bor raqib darvozasiga shayba kiritib, yana 15 golga hammualliflik qilgan.
"Birgalikda tarix yarata olgan muxlislarga katta rahmat aytaman. Men O‘zbekistonda xokkeyning qayta uyg‘onishiga katta hissa qo‘shgan jamoaning bir bo‘lagi bo‘lganimdan xursandman. Faoliyatimni Toshkentda davom ettirishni istargan bo‘lar edim, ammo bu xokkeychining hayoti. Yana ko‘rishguncha", - dedi Voroshilo.
Fikrlar