
"Humo" darvozaboni e’tirof etildi (video)
Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida Voskresenskning "Ximik" klubini qabul qildi va 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bellashuvdan so‘ng odatga ko‘ra, "Humo" tarkibidagi eng yaxshi xokkeychi aniqlandi.
Unga ko‘ra, "qanotlilar"ning asosiy darvozaboni Roman Smiryagin uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb e’tirof etildi va o‘zbek do‘ppisini qo‘lga kiritdi. U mazkur do‘ppini Semyon Valuyskiydan qabul qilib oldi.
Fikrlar