
"Humo Arena" yana bir katta professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi. Unda Olimpiada chempioni va jahon chempioni ham jang o‘tkazadi
Oldin xabar berib o‘tganimizdek, yurtimizda yangi tashkil etilgan "Lift Promotions" bir qancha taniqli bokschilarni o‘z safiga qo‘shib olmoqda. Mazkur kompaniya o‘zining ilk boks oqshomini 13 avgust kuni "Humo Arena"da o‘tkazishini e’lon qildi. Kechada Olimpiada chempioni Fazliddin G‘oibnazarov, jahon va Osiyo chempioni Mirazizbek Mirzahalilov, jahon chempionatlari sovrindori va Osiyo chempioni Jasurbek Latipov, jahon chempionati ishtirokchisi Mujibillo Tursunov, qolaversa Farrux Arslonov hamda Rahmatullo Sharifov kabi bokschilar va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan bir qancha charm qo‘lpop ustalari ringga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Lift Promotions" kompaniyasiga O‘zbekiston professional boks federatsiyasi vitse prezidenti G‘ofur Rahimov homiylik qilmoqda.
Fikrlar