Hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati (3-turdan keyingi holat)

  • 24 aprel, 2019, 13:54
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalarining U-14, U-15, U-16, U-17 yoshdagi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Chempionati o‘tkazilmoqda.

Mazkur musobaqalar yurtimizda futbolni yanada ommaviylashtirish, yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, istiqbolli yosh futbolchilarni terma jamoalar va futbol klublariga tayyorlash uchun joylarda selektsiya ishlarini amalga oshirishga zamin yaratmoqda.

Bugungi kunga kelib ana shu chempionatning 3ta turi o‘z yakuniga etgan. 3ta turdan so‘ng tegishli yosh toifalaridagi musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni olgan:

Tecno

1

22

3_1

4

Hududiy bolalar-o‘smirlar akademiyalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati 4-tur o‘yinlari 3 va 4 may kunlari o‘tkaziladi. O‘tgan turlarda sariq kartochkalari yig‘ilib qolgani tufayli quyidagi futbolchilar 4-turni o‘tkazib yuboradi:

U-17: Bozorov Diyorbek, Raxmatov Oxunjon, Erkinov Furqat (barchasi Samarqand), O‘razbaev G‘ayrat (Qoraqalpog‘iston), Komilov Shaxzod (Qashqadaryo), Xayrullaev Sherzod (Sirdaryo), Qambarov Muhammad (Toshkent shahar), Abdulxaqov Izzatbek (Andijon), Olimov Quvonch (Farg‘ona).

U-16: Samariddinov Asadbek (Qashqadaryo), Qo‘chqorov Botirjon (Jizzax), Alimov Jahongir (Jizzax), Safarov Sanjar (Toshkent shahar), Sa’dullaev Diyor (Samarqand)

U-15: Abdullaev Abdulaziz (Samarqand), Qudratov Muhammadali (Buxoro)

U-14: Janabaev Maxambet (Qoraqalpog‘iston), Tajidinov Aslbek (Andijon), Orifjonov Muhammad (Farg‘ona).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!