
Holand "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin. Agarda ...
Agarda "Manchester Siti" bu mavsum Evropa Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, Erling Holand jamoani tark etishi mumkin.
"El Nacional"" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, norvegiyalik hujumchining shartnomasida shunday band bor. Agarda klub Evropa Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, klubni tark etishi mumkin.
Xabaringiz bor, Erling bir necha kun oldin "shaharliklar" bilan 2034 yilgacha bo‘lgan shartnomasini uzaytirdi.
Bir necha mish-mishlarga ko‘ra, Holand uchun hozirgi kunda Ispaniyaning "Real Madrid" klubi asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli hujumchi joriy mavsum manchesterliklar tarkibida 33 ta bellashuvda ishtirok etib, 25 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 200 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar