
Hojimat Erkinov: Kelajakda Ispaniya va Italiya chempionatlarida o‘ynagan bo‘lardim
Moskvaning “Torpedo” klubi yarim himoyachisi Hojimat Erkinov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi sherigi, hozirda “Roma” sharafini himoya qilayotgan futbolchi Eldor Shomurodov izidan borish istagi borligini tan oldi.
Shomurodov hozirgi holati haqida nima deydi?
Biz Eldor aka bilan ko‘p muloqot qilamiz, lekin bu mavzu haqida umuman gaplashmaymiz. Bilaman, u asosiy tarkibda o‘ynashni xohlaydi, lekin "Roma"da buni amalga oshirish qiyin bo‘lmoqda.
Eldor kabi Rossiyadan Evropaga ketish istagingiz bormi?
Ha albatta. Shu maqsadda bu erga keldim. O‘zim Italiya va Ispaniya chempionatlarida o‘ynashni istagan bo‘lar edim.
Fikrlar