Hojimat Erkinov: "Bizni g‘oyibona qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman"

  • 24 sentabr, 2022, 15:40
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston va Kamerun milliy terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda hisobni ochuvchi gol muallifiga aylangan Hojimat Erkinov O‘FA matbuot xizmatiga intervyu berdi:

Tecno

"Kecha yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Ancha tartibli harakat qildik. Murabbiyning barcha ko‘rsatmalarini bajara oldik deb o‘ylayman.

Har bir futbolchi maydonga gol urish, g‘alaba qozonish uchun tushadi. Jumladan, men ham raqib darvozasini ishg‘ol etib, jamoamga foyda keltirishni juda istadim. Kamerunlik futbolchilar jismonan baquvvat, shunga yarasha biz ham munosib tayyorgarli ko‘rgandik.

Bugundan boshlab Kosta-Rikani o‘rganishni boshladik. Murabbiyning ko‘rsatmalariga ko‘ra mashg‘ulot olib boryapmiz. Bizni g‘oyibona qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Biz doim Vatanimiz uchun harakat qilamiz!"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Gulomqodir Askhanov
24/09/2022 19:02
Э коил. Омад.