
Hech qachon bu klubda o‘ynamayman!
Ayni paytda “Chelsi” sharafini himoya qilayotgan “Napoli”ning sobiq himoyachisi Kalidu Kulibali hech qachon “Yuventus” safiga o‘tmasligini ma’lum qildi.
- Menda Italiyaning bir qator klublaridan takliflar bor edi. Massimiliano Allegri ham meni olishni istayotganini aytgandi. Lekin men “Napoli”ga bo‘lgan hurmatimdan hech qachon “Yuventus” libosini kiya olmayman.
Balki faoliyatimni tugatganimdan keyin “Napoli”ni boshqararman, - dedi senegallik futbolchi.
31 yoshli Kulibali 2014-2022 yillar davomida “Napoli” safida 317 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 14 marotaba ishg‘ol qilgan va to‘qqiz marta jamoadoshlariga golli pas uzatgan.
“Chelsi” bu o‘yinchi uchun neapolliklarga 38 million evro to‘ladi.
Fikrlar