“Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi Jizzax viloyati kesimida

  • 15 mart, 2019, 13:49
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 avgustdagi 688-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hokimiyatlar, “Mahalla” kengashi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qarorda belgilab qo‘yilganidek,  mahallalarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy futbol maydonlarini tashkil etish bo‘yicha “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi bo‘yicha joylarda futbol maydonchalari qurilmoqda va qurilish ishlari rejalashtirilyapti. 
  
Shu kungacha e’tiboringizga Toshkent shahri, Andijon va Buxoro viloyatidagi mahallalar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim qildik. Jizzax viloyati kesimida oladigan bo‘lsak, bu erdagi 13ta tuman/shaharda jami 290ta mahalla mavjud. 2018 yildan 2019 yilning shu kuniga qadar Jizzaxdagi bir qator mahallalarda futbol maydonchalari qurilib, foydalanishga topshirildi. Jumladan, Arnasoy tumanidagi "O.Vodiy", G‘allaorol tumanidagi "Oqtom", Zarbdor tumanidagi "Tinchlik", Paxtakor tumanidagi "Mingchinor", "Buyuk Ipak Yo‘li", Baxmal tumanidagi "Oqtosh" mahallalarida stadionlar barpo etildi.   
 
Jizzaxdagi quyidagi mahallalarda  futbol maydonchalari qurish uchun er maydonlari mavjud:

Arnasoy tumani 
Gulbaxor ShFY
Chinobod MFY
Yangibo‘ston QFY
Zarafshon QFY
Do‘stlik  QFY
Bo‘ston  QFY
Cho‘lquqvar  QFY
Tinchlik MFY
Bo‘ston QFY
Do‘stlik QFY
G‘.G‘ulom MFY
 
Zarbdor tumani 
“Toshkesgan” QFY
 “Sharq yulduzi” QFY
 “Oqar” QFY
“Shodlik” MFY
 
Forish tumani 
“Uchquloch” MFY
“Sayyod” MFY
“Yassikechuv” MFY
“O‘xum” MFY
“Oqtom”  MFY
 “Xonbandi” MFY
 
Yangiobod tumani 
“Shodlik” MFY
“Sarmich” MFY
“Xo‘jamushkent” KFY
“Xovotog‘” QFY
 
G‘allaorol tumani
“Xonimqo‘rgon” QFY
 “Olimlar” MFY
 “Qo‘ytosh” ShFY
 
Paxtakor tumani 
"Dilorom" MFY
"G‘alaba" MFY
"Do‘stlik" MFY
"Oltinko‘l" MFY
"Samarqand" MFY
"Oqbuloq" QFY
"Bog‘ishamol" QFY
"Suvonobod" MFY
 
Baxmal tumani 
“Do‘stlik” MFY
“Sangzor” QFY
“Gulbuloq” QFY
“Yangibog‘” MFY
“Muzbuloq” MFY
 
Do‘stlik tumani
“Navro‘z” ShFY
 “A.Navoiy” MFY
“Bunyodkor” QFY
 
Ushbu mahallalarda futbol maydonchalarini qurish istagida bo‘lgan tadbirkorlar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasigi murojaat qilishlari mumkin. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ularga hokimiyat tomonidan er maydonlari ajratilishi uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!