Hamzat Chimaev: Uni o‘ldiraman!

CHERY AUTO

UFC’ning yarim o‘rta vazn toifasida jang qiluvchi Hamzat Chimaev amerikalik jangchi Neyt Diazga qarshi bellashuvdan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Neyt ustidan qozoniladigan g‘alaba nima berishi men uchun ahamiyatsiz. Men shunchaki pul ishlayman, uyga kelaman, yaxshi vaqt o‘tkazaman va kimgadir yordam beraman.

UFC’dagilar bu yigitni o‘ldirishimni xohlaydi. Men buni qilaman. Men xuddi qotilga o‘xshab pul evaziga ularning boshlarini olaman. Bu meni xursand qiladi.

Men raqibni mag‘lubiyatga uchratish evaziga millionlar olaman. Hamma pulni yaxshi ko‘radi, oilamizga yordam berish, vaqtni maroqli o‘tkazish uchun barchamizga pul kerak. Har bir inson yaxshi hayot istaydi. Hech kim pastda bo‘lishni xohlamaydi, hamma yuqorida bo‘lishni xohlaydi”, — dedi Chimaev.

Ma’lumot uchun, Chimaev va Dias o‘rtasidagi jang 11 sentyabr kuni Las-Vegasda bo‘ladigan UFC 279 turniri doirasida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
араббаевич давлат
06/09/2022 20:04
Афсус. Бу маданият билан узокка бораолмайди. Яна бир афсус мусулмонми бу. Алхамдилиллох.
rar fon
06/09/2022 14:17
Ko'rinishidan ham malum qanaqa odamligi