
Hamyurtimiz Gruziya klubini tark etdi
Yil boshida Gruziya chempionatida ikkinchi divizon jamoasi – “Kolxetti Xobi”ga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz Malikshoh Rasulov mavsum yakunlangach, yurtimizga qaytib keldi.
Rasulovning klubi bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etgani uchun futbolchi Gruziya jamoasini tark etgani ma’lum bo‘ldi. Ayni paytda samarqandlik futbolchi “Dinamo” jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etib turibdi. O‘zining aytishicha, u samarqandliklar safida asosan sport formasini saqlab turish uchun shug‘ullanib turibdi.
Fikrlar