Hammani qiziqtirayotgan savol: O‘zbekiston terma jamoasining yarim final uchrashuvi qachon va qaerda o‘tkaziladi?
Avval xabar berganimizdek, U20 Osiyo chempionati yarim finaliga chiqqan va jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi bosqichda Janubiy Koreya va Xitoy uchrashuvi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.
Aytish kerakki, terma jamoamizning final ostonasidagi o‘yini 15 mart sanasiga belgilangan. Ushbu yarim final uchrashuvi ham Toshkentdagi “Milliy” stadionda bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 19:00 da boshlanadi.



Fikrlar