
Hamma kutayotgan yangilik: Mbappe yangi jamoasi nomini aytadi
Kilian Mbappe PSJ safidagi so‘nggi uchrashuvini Frantsiya kubogi finalida o‘tkazib, sovrinlari qatoriga ushbu kubokni qo‘shib qo‘ydi.
25 yoshli forvard faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishni qachon e’lon qilishini aytdi.
- Keyingi jamoam nomini mavridi kelganda o‘zim aytaman. Bunga bir necha kun qoldi. Yangilik kuting, - dedi Kilian Mbappe.
Mbappe 30 iyungacha PSJ futbolchisi bo‘lib qolaveradi. Biroq aksariyat manbalar Kilian “Real” bilan shartnoma tuzib bo‘lgani haqida yozmoqda.
Unga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi yiliga 15 million evro maosh oladi. “Real” bilan shartnoma tuzgani uchun esa, 150 million evro beriladi.
Mbappe PSJ safida olti yil davomida 308 ta uchrashuv o‘tkazib, 256 ta gol va 108 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar