Hakim Fuzaylov "Xorazm"dagi faoliyatini davom ettiradimi?

  • 1 yanvar, 14:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikistonlik Hakim Fuzaylov 2024 yilning may oyidan buyon pro liga vakili “Xorazm” jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelyapti. Uning boshchiligida urganchliklar chempionatni 6-o‘rinda yakunladilar.

Tecno

Ayni paytda “Xorazm”ni Superligada ishtirok etish imkoniyati paydo bo‘lgan bir paytda Fuzaylov bu yil ham jamoani o‘zi boshqarishda davom etadimi?

“Hakim Fuzaylov jamoada qoladi. Ayrim o‘zgarishlar bo‘ladi, hammasi Superligada ishtirok etishimizga bog‘liq. Tarkib masalasida hozir ham selektsiya ishlarini olib boryapmiz. Futbolchilar bilan og‘zaki kelishib qo‘yganmiz. Faqat biz pro ligada o‘ynaymizmi yo Superligadami, shunga oydinlik kiritib olsak, yana shunga qarab selektsiyamizni davom ettiramiz. Biz Superligada o‘ynaydigan bo‘lsak ham Fuzaylov bosh murabbiy sifatida ishini davom ettiradi. Bizda bosh murabbiy masalasi umuman ko‘rib chiqilmayapti”, - dedi “Xorazm” klubi bosh direktori Ro‘zim Ahmedov Sports.uz saytiga bergan intervyusida.

61 yoshli Hakim Qayumovich bunga qadar yurtimizda “Dinamo”, “Andijon”, “Lokomotiv”, “Buxoro” singari klublarni boshqargan.

"Xorazm" 2025 yilda Superligada o‘ynaydimi? Klub bosh direktorini nima xavotirga solyapti? Ro‘zim Ahmedov bilan suhbat

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!