Hakim Fuzaylov: "Biz ikki ochko yo‘qotdik"

  • 20 iyun, 2024, 21:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing 13-turida “Xorazm” o‘z maydonida “Mash’al”ni qabul qildi. Uchrashuvda darvozalar daxlsiz qoldi – 0:0. Bahsdan so‘ng mezbonlar ustozi Hakim Fuzaylov quyidagicha fikr bildirdi:

Tecno

“O‘yin haqida nima deyishim mumkin? Futbolchilarga men stadionda muxlislarning  ovozini eshitganimni va menimcha, ular uchrashuvdan xursand ekanliklarini aytdim. Dam olish kunlarini hisobga olsak, Ejov bilan ish boshlaganimizga roppa-rosa bir oy bo‘ldi.

O‘yinimizda ancha o‘sish bor. Echinish xonasida yigitlarga o‘yin uchun rahmat aytdim. Ularga yana ozgina o‘ziga ishonch va tirishqoqlik etishmayapti. O‘yin teng kuchlar ostida o‘tdi, deya olmayman. Bizda xavfli vaziyatlar “Mash’al” jamoasiga qaraganda ko‘proq bo‘ldi. To‘p bilan ham muomala qilishda biz faolroq bo‘ldik. Biz ikki ochko yo‘qotdik”, - deydi Hakim Qayumovich.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!