Hakamlar markazi mutaxassislari Superliga 5-tur o‘yinlarini tahlil qildi

  • 16 aprel, 15:27
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston Superligasi 5-tur uchrashuvlariga bag‘ishlab, Hakamlar markazi mutaxassislari, bosh hakam, yordamchi hakam, VAR hakami hamda instruktorlar ishtirokida Zoom platformasi orqali tahlil yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tahlil davomida Ma’mur Saidkasimov, Farhod Abdullaev, Vladislav Seytlin, Valentin Kovalenko, Jahongir Saidov va Bobur Haydarov hakamlar tomonidan chiqarilgan ijobiy hamda bahsli qarorlarni tahlil qildi.

Quyida Superliga 5-turi doirasidagi vaziyatlar alohida ko‘rib chiqildi:

“Navbahor” — “Sho‘rtan” uchrashuvida Zabihullo O‘rinboevning qo‘liga to‘p tegishi bilan bog‘liq vaziyat bosh hakam tomonidan FIFA qoidalari asosida to‘g‘ri talqin etilgan.

“Xorazm” — OKMK uchrashuvida Islom To‘xtaxo‘jaevga ko‘rsatilgan qizil kartochka VAR aralashuvi bilan FIFA qoidalariga muvofiq tarzda sariq kartochkaga almashtirilib, yakuniy qaror to‘g‘ri chiqarilgan.

“Qo‘qon-1912” — “Buxoro” o‘yinida qo‘pol tarzda harakat qilgan futbolchiga qizil kartochka berilishi bo‘yicha bosh hakam noto‘g‘ri talqin olib borib, faqatgina sariq kartochka bilan cheklangan. Ammo bu vaziyatda Ahrol Risqullaev Baxtiyor Qosimovga qizil kartochka ko‘rsatmasdan xatoga yo‘l qo‘ygan.

“Navbahor” — “Neftchi” uchrashuvida (Superliga 4-turi) maydon markazidan to‘pni o‘yinga kiritish bilan bog‘liq holatda bosh hakam va qanot hakami tomonidan e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yilgan. 

Mazkur epizodlar atroflicha ko‘rib chiqilib, hakamlarga tegishli tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
17/04/2025 06:53
НАСАФ уйиничи нимага КУРИБ чикилмаган НАСАФ деса хакамларни томогига суяк тикилиб коладими дейман.