Hakam o‘zbekistonlik legioner burnini sindirib, uni nokaut qilganini aytdi!

  • 16 aprel, 2021, 05:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Tobora ko‘proq musobaqalarda foydalanilayotgan VAR tizimi borasida ko‘plab fikr-mulohazalar yangramoqda. Aslida bu tizim hakamlarning ishini osonlashtirish, hakamning nazaridan chetda qolgan muhim vaziyatlarga aniqlik kiritish maqsadida futbolga tobora keng tadbiq etib borilmoqda.

Tecno

Ayri mutaxassislar, muxlislar, futbolchilar, murabbiylar, hakamlar  VAR tizimining ijobiy tomonlari ko‘pligini ta’kidlamoqda. Biroq, videotakrorlardan foydalanish futbol jozibadorligiga salbiy ta’sir qilmoqda, futbol xatolar bilan ham qiziqarli va tomoshabop, degan munosabatlarni bildirayotganlar ham kam emas.

Yaqinda VAR tizimining yana bir jihati bo‘yicha yangi gap chiqdi. Ayrim mutaxassislar uchrashuvni boshqarayotgan hakam va videoassistent o‘rtasidagi suhbatni stadionda eshittirish kerakligi bo‘yicha fikr bildiryapti. Ular suhbatning shaffofligini ta’minlash zarur, deb hisoblamoqda.   

Rossiyalik sobiq hakam Aleksandr Egorov bu taklifning salbiy jihatlarini ochib berar ekan, o‘zbekistonlik legioner Vitaliy Denisov ishtirokidagi qiziq voqeani ham yodga oldi.

1560932595_1510883531_denisov

- Agar suhbat omma e’tiboriga havola etilsa, u erda juda ko‘p noma’qul gaplar o‘tib ketadi. Ba’zan o‘yin qizib turgan paytda vaziyatni muhoakama qilishda adabiy so‘zlarga mos kelmaydigan iboralar ko‘p ishlatiladi. Masalan, shoshilib turganda “afroamerikalik” iborasini ishlatib qo‘ysak, uni eshitganlar irqchilik bo‘yicha ayblov e’lon qiladi. 90 daqiqa davomida adabiy va texnik so‘zlardan iborat nutqdan foydalanish va uni eshitish juda og‘ir.

Bir paytlar “Kuban” – “Lokomotiv” o‘yinini boshqarganimda yuz bergan voqea esimdan chiqmaydi. “Lokomotiv” himoyachisi Vitaliy Denisov bir metr masofadan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p to‘g‘ri yuzimga, ya’ni burnimga tegdi. Nokdaun bo‘ldim. Butun muxlislar ovozi boricha boksdagi kabi “bir, ikki, uch...”, deb sanay boshladi.

Yordamchim aloqa vositasi orqali “yiqilma, o‘zingni tutib ol, tur o‘rningdan ...” deb oxirida so‘kinib yubordi. Shu gaplarni birov eshitishining nima keragi bor? Keyin tanaffus vaqtida ko‘zguga qaradim, Denisovning zarbasidan keyin burnim singan, ko‘zim ko‘kargan ekan, - deb eslaydi Aleksandr Egorov.

7b3a210b8f1de57db693593d8317cf44

Darhaqiqat, 2013 yilning 2 dekabrida bo‘lgan o‘sha uchrashuvda Vitaliy Denisov jamoasi 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan. Hamyurtimiz o‘yinda to‘liq harakat qilib, jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shgan.

O‘sha chempionatda “Lokomotiv” futbolchilari uchinchi o‘rinni egallab, Denisov ham bronza medal bilan taqdirlangan.  

Ayni paytda Vitaliy Denisov Milliy futbol ligasida “Tom” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

70d7a7c3695f89de3d0469e5a6810da3

Ta’kidlash joizki, Vitaliy Denisov Rossiya futbolida eng ko‘p sovringa ega bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchi hisoblanadi. Tajribali futbochimiz faoliyati davomida premer-ligada TsSKA, “Lokomotiv”,  “Krilya Sovetov”, “Rubin” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. “Armiyachilar” safida ikki marta mamlakat kubogi sohibi va UEFA kubogi g‘olibi bo‘lgan. “Lokomotiv”da Rossiya chempionatining oltin va bronza medallarini, ikki marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan.

O‘runov bo‘yicha muhim yangilik!

“Yuve” nishonidagi Shomurodov raqobatga dosh berolmayapti!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Axmedov
15/04/2021 20:22
Чўзеб ўтирмай гапни пост каласини канрет қисқаро қилиб йозмийсими буни ўқиб чиқани кимни тоқати йетади