
Gyusto: "Biz g‘alabani haqli qo‘lga kiritdik"
"Chelsi" himoyachisi Malo Gyusto Klub o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida PSJ ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng (3:0) jamoa haqidagi tanqidlarga javob berdi.
"Bu faxrlanarli natija. Oldimizga aniq maqsad qo‘ygandik va unga erishdik. Ko‘pchilik biz haqimizda salbiy fikrlar bildirdi, hurmatsiz munosabatda bo‘ldi. Biz esa bu sovringa munosib ekanimizni isbotladik.
Biz raqibning to‘pni nazorat qilish va tez harakatlanishini bilardik. Shuning uchun ularni kuchli pressing bilan qiyin ahvolga solishni rejalashtirgandik. Ular zaif tomonlariga zarba berishni istardik va bu rejamiz ish berdi. Endi biz baxtlimiz.
"Chelsi" yangi loyihani boshlaganidan beri bizga nisbatan hurmat etishmadi. Ko‘pchilik biz haqimizda shubhali gaplar qildi — go‘yoki yosh jamoa katta o‘yinlarga tayyor emasdek. Ammo biz bunday raqiblarga qarshi ham munosib o‘ynay olishimizni ko‘rsatdik" — deya ta’rif berib o‘tdi "aristokratlar" futbolchisi
Fikrlar