
Gvardiola superfutbolchi uchun eng qimmat shogirdidan voz kechdi
“Manchester Siti” maydon markazida ustunlik qilish maqsadida “Aston Villa”dan Jek Grilishni transfer qilgandi.
“Shaharliklar” angliyalik futbolchi uchun rekord summa – 110 million evro to‘lagan. Biroq, yarim himoyachi ikki mavsumdan beri Xosep Gvardiola kutayotgan o‘yinni namoyish qilmayapti.
Endi ispaniyalik murabbiy uning o‘rniga Jud Bellingemni olib kelmoqchi. Klub rahbariyati 19 yoshli futbolchini “Borussiya”dan olib kelish uchun Jek Grilishni “qurbon” qilishga tayyor.
Bundan tashqari, “Manchester Siti” etakchilariga aylangan yoshlar – Erling Xoland va Fil Foden ham klub mutasaddilaridan tarkibga Jud Bellingemni qo‘shib olishni so‘rayapti.
Fikrlar