
Gvardiola: Sen bo‘lmasang boshqasi!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa bilan xayrlashgan Kevin de Bryuyne o‘rnini “Bayer” etakchisi Florian Virtsga topshirmoqchi edi.
Biroq 22 yoshli nemis futbolchisi taqdirini “shaharliklar” bilan bog‘lashni istamadi. Manchesterliklar bu transfer uchun “Bayer” talab qilgan summa – 150 million evro atrofida mablag‘ sarflashga rozi edi.
TEAMalk nashriga ko‘ra, Xosep Gvardiolada belgiyaning yulduz o‘rnini egallay oladigan boshqa variant ham bor ekan.
Virts transferi o‘xshamaganidan keyin “Manchester Siti” Frantsiya chempionatidan boshqa nomzod topdi.
“Shaharliklar”ga “Lion” futbolchisi Rayan Sherkining o‘yini ma’qul kelgan. Mutasaddilar bu transferni yozda amalga oshirish bo‘yicha frantsiyaliklar bilan muzokaralarni boshlab yubordi.
Sherkining shartnomasida kelishuvni muddatidan oldin bekor qilish mumkinligi belgilangan. Bu amaliyot futbolchiga 24 million evroga tushadi. Sherkining o‘zi “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tishga tayyorligini bildirgan.
Fikrlar