
Gvardiola “Real”ni Madridda qanday engishini aytdi
“Manchester Siti” futbolchilari Evropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichi birinchi o‘yinida “Real”ga 2:3 hisobida yutqazdi.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mag‘lubiyatga o‘zining qarorlari sabab bo‘lganini tan oldi. Shu bilan birga ispaniyalik mutaxassis javob uchrashuvida kuchli raqibni qanday engishini aytib o‘tdi.
- “Real” bizga nisbatan to‘p bilan yaxshi harakat qildi. Biz esa asabiy o‘ynadik. Endi javob uchrashuvida g‘alaba qozonishga urinib ko‘ramiz.
Bu ruhan qiyin vazifa, chunki oldinda bizni juda og‘ir uchrashuvlar kutib turibdi. Biroq biz Madridga borib, bo‘lajak bahsda raqib o‘yiniga moslashishga va bu orqali ustunlikka erishishga harakat qilamiz.
Madriddagi javob bahsida g‘alaba qozonamiz va musobaqadagi yurishimizni davom ettiramiz, - dedi Xosep Gvardiola.
“Real” futbolchilari 19 fevral kuniga belgilangan javob uchrashuvida o‘z maydonida “Manchester Siti”ni kutib oladi.
Fikrlar