Gvardiola PSJdan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

  • 23 yanvar, 12:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pep Gvardiola PSJdan uchralgan mag‘lubiyat (2:4) haqida fikr bildirdi. 

"Birinchi bo‘limda ularda imkoniyatlar bo‘ldi. Shuningdek, bizda ham. Biroq raqiblarimiz bizdan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi. 

Biz besh daqiqada ikkita gol urdik. Keyin esa ular 5 daqiqada ikkita gol urdi. Bu ularga ishonch berdi. Yalar yaxshiroq va tezroq edi. 

Maydondagi eng yaxshi jamoa g‘alaba qozondi. Bizda so‘nggi imkoniyat bor. O‘z uyimizda "Bryugge"ga qarshi o‘ynaymiz. Agar g‘alaba qozona olmasak, pley-offga chiqishga loyiq emasmiz. Bu haqiqat. Bizda etarlicha ochko yo‘q va buni qabul qilishimiz kerak"
, - dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi "TNT Sports" telekanaliga bergan intervyusida. 

Ayni vaqtda "shaharliklar" EChL turnir jadvalida 8 ochko bilan 25-pog‘onani band etib turibdi. Bilasiz, EChLda ilk 8 pog‘onani band etgan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 final bosqichga yo‘l oladi. 9dan to 24-o‘ringacha bo‘lgan jamoalar 1/8 final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!