
Gvardiola "Manchester Siti"ning ayrim futbolchilariga qo‘shimcha ta’til berishga qaror qildi
Evropa chempionatida ishtirok etgan “Manchester Siti” futbolchilari klub qarorgohiga kechroq qaytishlari mumkin. Gap terma jamoasi bilan pley-offga qadar etib borgan futbolchilar to‘g‘risida ketmoqda.
Jurnalist Jek Gaganning ma’lum qilishicha, Jeremi Doku, Kevin de Bryoyne (ikkalasi – Belgiya), Natan Ake (Niderlandiya), Ruben Diash, Bernardu Silva (ikkalasi – Portugaliya) va Manuel Akanjiga (Shveytsariya) Xosep Gvardiola tomonidan qo‘shimcha ta’til berilgan. Ushbu futbolchilar jamoa mashg‘ulotlariga avgust oyi boshidan qo‘shilishlari mumkin.
“Manchester Siti” mavsumoldi tayyorgarlik doirasida ilk o‘rtoqlik uchrashuvini 24 iyul kuni Shotlandiyaning “Seltik” klubiga qarshi o‘tkazadi.
Evro-2024 finalida Ispaniya terma jamoasi Angliya (2:1) ustidan zafar quchdi va o‘z tarixida 4-marta qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar